"Bu, Grenlandiya atrofidagi inqiroz avjiga chiqqan davrdan beri blokning (YeI — tahr.) Oq uy bilan eng keskin qarama-qarshiligidir", — deb yozadi nashr.
Polsha bu fonga qo‘shimcha misol bo‘ldi. Bosh vazir Donald Tusk Varshava Eronga qo‘shin yubormasligini va bu mojaro Polsha xavfsizligiga bevosita aloqador emasligini bildirdi.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.