O‘zbekiston Turkiyada bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qidirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va Turkiya bedarak yo‘qolgan fuqarolarni tezkor qidirish, ma’lumot almashishni kuchaytirish va qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Turkiya IIV vakillari bilan uchrashuvda yo‘qolgan fuqarolarni tezkor qidirish masalalari bo‘yicha ma’lumot almashishni kuchaytirishga kelishib oldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Shuningdek, tegishli idoralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ishchi guruh tuzishga ham kelishildi.
Uchrashuvda Turkiya hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, bedarak yo‘qolgan vatandoshlarni qidirish, shuningdek, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chet el fuqarolarining murojaatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlarni tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Istanbuldagi chiqindixonadan O‘zbekiston ayolning boshsiz jasadi topildi