TOShKENT, 13 mar – Sputnik. Rossiya Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarning yangi raundi bo‘lib o‘tishiga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Biz navbatdagi raund bo‘lib o‘tishiga umid qilamiz, biroq hozircha sizga sana va vaqt bo‘yicha aniq kelishuvlar haqida ma’lum qiladigan hech narsa yo‘q”, - dedi Kreml vakili brifingda.
Shu hafta boshida Dmitriy Peskov Istanbul yana Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maydonga aylanishi mumkinligini istisno qilmadi. OAV keyingi uchrashuv fevral oxiri-mart boshlarida Abu-Dabida o‘tkazilishi haqida yozgandi. Biroq Yaqin Sharqda mojaro avj olganligi sababli tomonlar muqobil joyni izlay boshladi. Peskov Abu-Dabi hozir Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi vaziyat tufayli muzokaralar uchun mumkin bo‘lgan maydon sifatida ko‘rilmayotganini tasdiqladi.
Uch tomonlama muzokaralarning birinchi raundi 23-24 yanvar kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tdi. Keyingi raund ham o‘sha yerda 4-5 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Keyin tomonlar 17-18 fevral kunlari Jenevada muzokaralar o‘tkazishdi. Tomonlar muzokaralarni og‘ir, biroq shiddatli va samarali deb atashdi.