Yog‘ingarchilik ta’siri bo‘lishi mumkin: Toshkent hokimligi yo‘l o‘pirilishiga munosabat bildirdi

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga kuchli yog‘ingarchilik, tuproq namlanishi va konstruksiya yuklamasi ortishi sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Toshkent shahrida Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasi yaqinidagi tunnel yo‘lida tirgak devorning bir qismi qisman o‘pirilib tushdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Voqea joyiga zudlik bilan avariya xizmatlari, texnik mutaxassislar va mas’ul tashkilotlar vakillari jalb etilgan.
Na perekrestke ulis Temura Malika i Buyuk Ipak Yuli v Tashkente obvalilas chast dorogi na puteprovode, pishut v sossetax i publikuyut kadri
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga so‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Xususan, tuproqning haddan tashqari namlanishi hamda konstruksiyaga tushadigan yuklamaning ortishi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, loyihaviy yechimlar, qurilish-montaj ishlarining sifati, drenaj tizimining holati, qurilish nazorati va obyektni qabul qilish tartibi ham atroflicha o‘rganilmoqda.
Na tonnelnom proyezde v Tashkente proizoshlo obrushenie odnogo iz uchastkov podpornoy steni
Texnik tekshiruv yakunlariga ko‘ra, tiklash ishlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi. Agar qoidabuzarliklar yoki ishlarning lozim darajada bajarilmagani aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘riladi, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Yog‘ingarchilik sabab Toshkentda shahar xizmatlari kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi