Umrbod qamoq jazosi teraktning bevosita ijrochilari Shamsiddin Fariduni*, Dalerjon Mirzoyev*, Murodali Rajabalizoda* va Muhammadsobir Fayzovga* hamda yana 11 nafar sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanildi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, teraktga aloqador deb hisoblanayotgan yana ikki tashkilotchi va to‘rt nafar ishtirokchiga nisbatan tergov davom etmoqda. Ular xalqaro qidiruvga berilgan va sirtdan hibsga olingan.
Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida 2024-yil 22-mart kuni terakt sodir etilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar binodagi odamlarga o‘q uzgan va tomosha zalini yoqib yuborgan. Oqibatda 149 kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan, 609 kishi jarohat olgan. Yetkazilgan zarar qariyb 6 milliard rubl deb baholangan.
Voqeadan bir necha soat o‘tib teraktning 4 nafar ijrochilari Razan viloyatida Ukraina chegarasiga yaqin joyda hibsga olingan edi. Keyinchalik ularning guvohlik berishicha, ularga Ukraina chegarasidan o‘tish uchun maxsus "tuynuk" tayyorlangan.
**Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchi tashkilot