O‘zbekiston va YeOII

YeOII xavfli yuklar uchun ruxsatnoma berishni tezlashtirmoqchi

Yevroosiyo YeIK xavfli yuklarni xalqaro avtomobil tashuvida maxsus ruxsatnomalarni berish tartibini uyg‘unlashtirish bo‘yicha yondashuvlarni ma’qulladi
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. YeOII xavfli yuklarni xalqaro avtomobil tashuvida maxsus ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va berish tartibini tezlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
10 mart kuni YeIK hay’ati Yevroosiyo transport yo‘laklari va yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritilgan avtomobil yo‘llari orqali xavfli yuk tashish uchun maxsus ruxsatnomalar berish tartib-taomillarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ma’qullagan.
Ushbu yondashuvlarga ko‘ra, YeOIIga a’zo davlatlarga maxsus ruxsatnomalarni 6 ish kunidan kechiktirmay berish, ularning amal qilish muddatini esa 1 kalendar yildan oshirmaslik tavsiya etilmoqda. Hujjatda ariza shakli va unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar bo‘yicha ham umumiy tavsiyalar belgilangan.
"Tavsiyaning amalga oshirilishi tashuvchilarning maxsus ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va olish jarayonini soddalashtiradi, transport-logistika va nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishda tashuvchilarning xarajatlarini kamaytiradi," — dedi YeIKning energetika va infratuzilma bo‘yicha vaziri Arzibek Kojoshev
O‘zbekiston va YeOII
Qozog‘istonda 2027-yilda haydovchisiz taksilar va yuk mashinalari paydo bo‘ladi