Toshkentda “Gruziya madaniyati kunlari”: gala-konsert va filmlar namoyishi bo‘ladi

O‘zbekiston poytaxtida 9–11 mart kunlari “Gruziya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tadi. Dasturdan gala-konsert va gruzin badiiy filmlari namoyishi o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 9–11 mart kunlari “Gruziya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirlar doirasida “Gruziya madaniyati kunlari”ning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Madaniyatlar muloqoti: O‘zbekiston va Gruziya — asrlar merosi va zamon nafasi” nomli gala-konsert dasturi tashkil etiladi.
Unda O‘zbekistonning “Tumor” raqs ansambli va Gruziyaning “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli ishtirokida qo‘shma konsert dasturi namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kino saroyida gruzin badiiy filmlari namoyishi ham bo‘lib o‘tadi.
Kino ko‘rsatuvlar dasturidan “To‘y”, “Soyabon”, “Musiqachilar”, “G‘alati odamlar” kabi turli janrdagi filmlar o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 9–12 iyul kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” o‘tkazilgan edi. Unda o‘zbekistonlik san’atkorlar va raqqosalar ishtirokida gala-konsert dasturi hamda kino namoyishlari tashkil etilgan.
Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlariga start berilmoqda