“Ramazon chodiri” har yili o‘tkaziladigan madaniy-xayriya loyihasi bo‘lib, u Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi va Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan Moskva hukumati ko‘magida tashkil etiladi. Bu yilgi loyiha Rossiya xalqlari birligi yiliga bag‘ishlangan.
“Ta’kidlash joizki, “Ramazon chodiri” gumbazlari ostida yil sayin turli xalqlar va madaniyatlar vakillari to‘planib, o‘zaro hurmat va ma’naviy birdamlik muhitida muqaddas oy qadriyatlarini baham ko‘rmoqdalar,” — dedi Asadov.
“Bu misollar insoniyatning ulkan rahm-shafqat tarixining bir qismi, xolos. Ular o‘zbek xalqi uchun hamma davrlarda ham insonning nasl-nasabi, tili, millati emas, balki insonning o‘zi, uning hayoti, qadr-qimmati muhim bo‘lganini yaqqol ko‘rsatadi. O‘nlab yillar o‘tdi, davrlar va avlodlar almashdi, ammo O‘zbekiston xalqini doimo ajratib turadigan ma’naviy fazilatlar — o‘zaro hurmat, xayrixohlik va yordamga tayyorlik o‘zgarishsiz qoldi,” — dedi Asadov.