AQSh 24 soat ichida 200dan ortiq askarini yo‘qotdi — Eron

Eron Islom revolyutsiyasi qo‘riqchilari (KSIR) dengiz kuchlarining dron hujumi natijasida AQSh harbiy bazasida 200dan ortiq harbiy qurbon bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. AQSh so‘nggi 24 soat ichida ko‘plab askarlari va qo‘mondonlarini yo‘qotdi, deb xabar berdi Eronning Xatam al-Anbiya harbiy qo‘mondonligi markaziy shtab-kvartirasi.

"AQSh dengiz flotining mintaqadagi beshinchi flotida yigirma bir kishi halok bo‘ldi va ko‘plari yaralandi. BAAdagi AQShning Al-Djafra bazasida taxminan 200 kishi halok bo‘ldi yoki yaralandi", deyiladi davlat teleradiokompaniyasi bayonotida.

Eron rasmiylari xabariga ko‘ra, AQSh infratuzilmasi va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgan. Bundan tashqari, Fors ko‘rfazining shimoliy qismida Amerika neft quyuuvchi tankeriga zarba berilgan.
O‘tgan chorshanba kuni Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Larijoniy Amerika qo‘shinlari orasida 500 dan ortiq qurbonlar haqida xabar bergan edi.

Hozirga qadar AQSh o‘z qurolli kuchlari orasida atigi 6 nafar harbiyning o‘limini rasman tan oldi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Homanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron Oliy Rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

AQSh rahbariyati Eronga hujumni “Muqaddas urush” deb tushuntirmoqda
Eron qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslikka qaror qildi