Hosilbek Eshnazarov oilasiga uch xonali xonadon sovg‘a qilindi

Hosilbekning oilasi, farzandlari, va ota-onasi hamisha davlat e’tiborida bo‘ladi — IIV.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBBda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan kichik serjant Hosilbek Eshnazarov xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik majmuasi ochildi.
Tadbir davomida Ichki ishlar vaziri tomonidan Hosilbekning xizmat faoliyati har bir xodimga o‘rnak bo‘lishi ta’kidlandi va mana shunday burchga sadoqat namoyon yetgan farzandni voyaga yetkazgan Beknazar ota va Dilorom opaga shaxsiy tarkib nomidan yana bir bor minnatdorlik bildirildi.
Ichki ishlar vaziri Hosilbekning otasiga "Jasorat" medali topshirildi. Shu bilan birga Prezident sovg‘asi sifatida Eshnazarovlar oilasiga uch xonali xonadon taqdim etildi.
IIV xabarida aytilishiga ko‘ra, Hosilbek Eshnazarov tahsil olgan Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 62-maktabda ham Hosilbek uchun yodgorlik barpo etiladi.
Hosilbekning oilasi, farzandlari, va ota-onasi hamisha davlatimiz e’tiborida bo‘lib, ijtimoiy muhofazasi ta’minlab boriladi, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Mustaqillik yillarida jami 118 nafar ichki ishlar xodimlari xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan.
Xolis tergov va jazo muqarrarligi ta’minlanadi — Bosh prokuratura