TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rossiya sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Kirill Lisogorskiy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va sanoat sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 13 milliard dollarga yetib, 8,4 foizga o‘sdi.
Ijobiy dinamika joriy yilda ham saqlanmoqda: 2026-yil yanvar oyida o‘zaro savdo 37 foizga oshib, 1,1 milliard dollarni tashkil etdi.
Uchrashuvda Qo‘shma loyiha ofisi faoliyati va ikki mamlakat idoralari o‘rtasidagi muvofiqlashtirish masalalari ham qayd etildi.
Shuningdek, 20–22 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan 6-Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi — “INNOPROM. Markaziy Osiyo”ga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.