TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida mamlakatni 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va kelgusi yillarga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilingan respublika yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari 28-yanvar kuni prezident lavozimiga kirishganiga roppa-rosa besh yil to‘lganini ta’kidlab, bu davr mobaynida erishilgan natijalarni sarhisob qildi.
Iqtisodiy o‘sish
– 2020-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 8,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 22,6 milliard dollardan oshdi. Iqtisodiyot qariyb uch barobar o‘sdi.
– So‘nggi to‘rt yilda real iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’ati 10,2 foizni tashkil qildi.
– Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Qirg‘iziston yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyodagi uchta yetakchi davlat qatoriga kirdi.
– Besh yil davomida soliq tushumlari qariyb 4 barobar, bojxona yig‘imlari 6 barobar, soliqsiz tushumlar esa qariyb 9 barobar oshdi.

Prezident ta’kidlashicha, uzoq yillar davomida “yashirin sxemalar” hukmronlik qilgan sohalarda tartib o‘rnatildi, fiskal sohadagi korrupsion xatarlar qisqartirildi va buning natijasi darhol sezildi.
Strategik qarorlar va infratuzilma
– 2021-yilda “Qumtor” koni to‘liq davlat tasarrufiga o‘tdi. 2021–2025 yillar oralig‘ida uning umumiy daromadi 5 milliard dollardan oshdi. Ta’kidlanishicha, 1994–2021 yillarda mamlakat ushbu kondan atigi 100 million dollarga yaqin dividend olgan.
– Murakkab muzokaralar natijasida O‘zbekiston va Tojikiston bilan davlat chegarasi masalalari tartibga solindi. 1990-yillar boshidan beri cho‘zilib kelgan muammo hal etildi.
– “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yo‘nalishidagi temir yo‘l qurilishi boshlandi. Japarov bu loyihani Yevroosiyo makoni iqtisodiy xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan strategik arteriya deb atadi.
– Quvvati 1 860 megavatt bo‘lgan “Qambarota-1” GES qurilishi amalga oshirilmoqda. Inshoot foydalanishga topshirilgach, mamlakat elektr energiyasini eksport qiluvchi davlatga aylanishi kutilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash
– Minglab ko‘chmas mulk obyektlari davlat mulkiga qaytarildi.
– Davlat va munitsipal organlarga 959 ta obyekt topshirildi.
– Mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga 3 ming 300 gektardan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlari o‘tkazildi.
– Uyushgan jinoiy guruhlarning 300 dan ortiq a’zosi javobgarlikka tortildi.

Prezident davlat xizmatida qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik va “jiyanchilik” kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligini qat’iy ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, budjet mablag‘lariga tajovuz qilgan va korrupsiyaga aralashgan mansabdorlarga nisbatan shafqat bo‘lmaydi.
Japarov hokimiyat tarmoqlari siyosiy o‘yinlar uchun emas, balki fuqarolarga xizmat qilish uchun yaratilganini ta’kidlab, joylardagi rahbarlarni halollik va adolat bilan ishlashga chaqirdi.