TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Isroil Eronga "oldini oluvchi" hujum uyushtirdi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, dedi mamlakat mudofaa vaziri.
Tehron markazida portlashlar sodir bo‘ldi.
Isroil o‘z havo hududini yopdi.
Eron ham o‘z havo hududini yopdi.
Eron oliy rahbari Oyatulloh Homanaiy havfsiz joyga ko‘chirildi deb xabar qilmoqda Eron OAVlari.
"New York Times" va "Al-Jazeera" nashoari Eronga uyushtirilgan hujumlarda AQSh ham ishtirok etganini xabar qilishdi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ushbu xabarlarga izoh berishdan voz kechdi.
Zarbalar havodan va dengizdan berilmoqda, deb xabar qildi "Reuters" AQSh amaldoriga tayanib.
Zarbalar Eron rahbariyatini yo‘q qilish va mamlakat mudofaa qobiliyatini susaytirishga qaratilgan deb xabar qilmoqda OAV AQSh rasmiylariga tayanib.
Portlashlar Eronnning boshqa shaharlaridan ham sodir bo‘ldi. Qum, Isfahon, Kirmanshoh va Kerej, deb xabar qilmoqda Fars agentligi.
Oldinroq AQSh va Eronning yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi. Unda Eron o‘z yadroviy dasturidan voz kechmasligini bildirgan edi.
Oldinroq AQSh va Eronning yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi. Unda Eron o‘z yadroviy dasturidan voz kechmasligini bildirgan edi.