Rossiya Eronga uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi

Rossiya AQSh va Isroildan zudlik bilan siyosiy va diplomatik kelishuv yo‘liga qaytishni talab qildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning Eronga uyushtirgan hujumini keskin qoraladi.

“AQSh va Isroil kuchlari 28-fevral kuni ertalab Eron hududiga havo hujumlarini boshladi. Bu suveren va mustaqil davlat, BMT a’zosiga, xalqaro huquqning asosiy tamoyillari vanormalarini buzgan holda, oldindan rejalashtirilgan asossiz tajovuzkorlik” – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Rossiya TIV ushbu hujum muzokara jarayoni niqobi ostida amalga oshirilganini alohida qayd etib o‘tdi.

Vazirlik ushbu vaziyatga xalqaro hamjamiyat, jumladan, BMT va MAGATE rahbariyati darhol xolis va murosasiz baho berishi kerakligini ta’kidladi.
Amerika-Isroil tandemi, bu ishlarni go‘yoki eronliklarning yadroviy qurolga ega bo‘lishining oldini olish tashvish ortida yashirmoqchi. Aslida, Vashington va Tel-Avivning niyatlari yadro qurolini tarqatmaslik rejimiga hech qanday aloqasi yo‘q.
"Tajovuzkorlarning niyatlari aniq va ochiqchasiga e’lon qilindi: kuch va gegemoniya diktaturasiga bo‘ysunishdan bosh tortgan konstitutsiyaviy tuzumni va ularga nomaqbul davlat rahbariyatini yo‘q qilish, - deyiladi bayonotda.
Rossiya TIV ushbu sun’iy inqiroz mintaqada zanjirli reaksiya va zo‘ravonlikning kuchayishi, oldindan aytib bo‘lmaydigan salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi dan xavotirda.
AQSh ma’muriyati tomonidan so‘nggi bir necha oy ichida jahon tartibining xalqaro huquqiy ustunlariga, jumladan, ichki ishlarga aralashmaslik, kuch ishlatish yoki tahdid qilishdan voz kechish va xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish kabi xalqaro tartibotga qarshi amalga oshirilgan beqarorlashtiruvchi hujumlarning ketma-ketligi alohida tashvish uyg‘otadi.
Biz zudlik bilan siyosiy va diplomatik kelishuv yo‘liga qaytishni talab qilamiz. Rossiya, avvalgidek, xalqaro huquq, o‘zaro hurmat va manfaatlar muvozanatiga asoslangan tinch yechimlarni izlashga ko‘maklashishga tayyor, deyiladi bayonotda.