TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Bugun tongda AQSh va Isroilning Eronga uyushtirilgan hujumidan so‘ng Eron AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga zarba berdi, deb xabar qilmoqda Fars agentligi.
"Mintaqadagi to‘rtta AQSh harbiy bazasi Eronning ballistik raketa hujumiga uchradi. Bular Qatardagi Al-Udeyd aviabazasi, Bahrayndagi AQSh Beshinchi floti bazasi, BAAdagi Al-Dafra aviabazasi va Quvaytdagi Al-Salim aviabazasi", deyiladi bayonotda.
Oldinroq Bahrayn, Abu-Dabida va Doxada portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Zarbadan so‘ng ushbu davlatlar o‘z havo hududini yopiq deb e’lon qildi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilni Eronga qarshi tajovuzkorlikda aybladi.
"AQSh va sionist rejimining takroriy harbiy tajovuzi Eron va AQSh o‘rtasidagi diplomatik jarayon davom etayotgan bir paytda sodir bo‘ldi", deyiladi bayonotda.
Vazirlik AQSh va Isroilning zarbalari xalqaro huquq, hududiy yaxlitlik va suverenitetni buzganini va mamlakatning fuqarolik va harbiy infratuzilmasini nishonga olganini ta’kidladi.
Shuningdek vazirlik Eron Qurolli Kuchlari AQSh va Isroilni "jinoiy harakatlaridan pushaymon bo‘lishga" majbur qilishini ta’kidladi.
"Buyuk tarixiy sinovlar davrida, Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlari, bu mamlakatning buyuk qahramonlik merosidan ilhomlanib, Xudoga ishonib, ilohiy yordam va’dasiga ishonib va milliy kuchga tayanib, sevimli vatanimizni jasorat bilan himoya qilishdan tortinmaydi. Tarix guvohlik beradiki, eronliklar hech qachon xorijiy tajovuzga bosh egmaganlar va bu safar Eron xalqining javobi qat’iy bo‘ladi, bu esa tajovuzkorlarni o‘zlarining jinoiy harakatlaridan pushaymon qiladi", deyiladi bayonotda.