TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov videokonferensiya orqali Afg‘oniston bojxona xizmati raisi o‘rinbosari S.Abdulzoda bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Afg‘oniston bilan tashqi savdo hajmi 1,5 milliard dollarga yetdi va 2024-yilga nisbatan 53 foizga oshdi.
Chegara bojxona postlari orqali harakatlangan fuqarolar soni 1,5 baravarga, avtotransportlar 36 foizga, yukli temir yo‘l vagonlari esa 13 foizga ko‘paygan.
Kolichestvo grajdan Uzbekistana i Afganistana, peresekayushix granitsu mejdu gosudarstvami, viroslo v 1,5 raza
© telegram sputnikuzbekistan
/ Tomonlar bojxona nazorati va rasmiylashtiruv jarayonlarini soddalashtirish hamda raqamlashtirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, tovar va transport vositalari harakati bo‘yicha dastlabki axborot almashinuvini qayta yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda O‘zbekistondan eksport qilinayotgan tovarlarni Afg‘onistonda rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar ham ko‘rib chiqildi.
Qo‘mita raisi Afg‘oniston bojxona xizmati xodimlari uchun Markaziy bojxona laboratoriyasida ekspertiza va tovarlarni tasniflash yo‘nalishida bepul o‘quvlar tashkil etishni taklif qildi.