Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi Rizdvanka qishlog‘ini ozod qildi

Qishloqni "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari ozod qilishga erishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatidagi Rizdvanka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari hujum harakatlari natijasida Zaporojye viloyatining Rizdvanka aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, "Sharq" guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatining Verxnyaya Tersa, Lyubiskoe, Barvinovka, Charivnoe hamda Dnepropetrovsk viloyatining Velikomixaylovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining mexanizatsiyalashgan brigadasi, ikkita desant-hujum brigadasi va ikkita hujum polki tuzilmalariga jiddiy talafot yetkazgan.
"Dushman 170 nafargacha askarini, to‘rtta zirhli jangovar mashinasini va 18 ta avtomobilini yo‘qotdi", — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya DXRdagi Karpovka qishlog‘ini ozod qildi