Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Sakkiz nafarimizni bir rossiyalik jangchi asirga oldi” — ukrainalik harbiy

Igor Boykoning aytishicha, u Dimitrov yaqinida yetti nafar hamkasbi bilan birga yakka harakat qilgan rossiyalik harbiy tomonidan asirga olingan.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Ukrainalik harbiy Igor Boyko DXRdagi Dimitrov yaqinida yetti nafar hamkasbi bilan birga rossiyalik jangchi tomonidan asirga olinganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, rossiyalik harbiy yakka holda harakat qilgan.

“Bizni Mirnograd shahriga (Dimitrovning ukraincha nomi — tahr.), cho‘chqa fermasi yoniga olib kelishdi. Bizdan bir kishi “ikki yuzga chiqdi” (o‘ldirildi — tahr.), men esa “uch yuzga chiqdim” (yarador bo‘ldim — tahr.). Artilleriya bizni o‘qqa tutdi. Keyin dron uchib kelib, taslim bo‘lishni taklif qildi, ammo biz buni qanday qilishni bilmasdik… Oxir-oqibat barchamizni — sakkiz nafarimizni — bir kishi asirga oldi”, — dedi Boyko Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan videoda.

Uning ta’kidlashicha, u frontga majburan yuborilgan. Boykoning so‘zlariga ko‘ra, uni safarbar qilish uchun harbiy komissariat xodimlari podyezd eshigini buzib kirgan.
Asir o‘quv markazidagi tayyorgarlik jarayonini ham tanqid qildi. Uning fikricha, mashg‘ulotlar amaliy jihatdan foyda bermagan, chunki u ko‘p vaqtni boshqa harbiylar bilan devor va hojatxonalar qurish, shuningdek, vzvod komandirlarining avtomobillarini ta’mirlash bilan o‘tkazgan.
“Menimcha, Vladimir Zelenskiy — Angliya yoki Amerikaning qo‘g‘irchog‘i. Shu sababli ular hech qanday kelishuvga imzo chekishni istamayapti”, — deya xulosa qildi asir.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
"Piar qilaman deb asirga tushdim" — ukrainalik harbiy qo‘mondonlik harakatlari haqida