TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 23 fevral kuni Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda "BelTA" agentligi xabar berdi.
Toshkent aeroportida Aleksandr Turchinni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Belarus Vazirlar kengashi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston–Belarus ishbilarmonlar kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi hamda biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ikki kunlik dasturdan Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurish ham o‘rin olgan.
Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.