Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

OAV: Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Rossiyaning aviatsiyadagi ustunligini tan oldi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Rossiya aviatsiyasi, ayniqsa boshqariladigan aviabombalar tufayli frontda ustunlikka ega ekanini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Rossiya armiyasining havodagi ustunligini tan oldi. Bu haqda u Fransiyaning "Le Monde" gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Uning ta’kidlashicha, front chizig‘ida Rossiya aviatsiyasi, ayniqsa boshqariladigan aviabombalardan foydalanishi hisobidan ustunlikka ega.

"General... shu bilan birga, oldingi chiziqda boshqariladigan aviatsiya bombalaridan foydalanadigan Rossiya aviatsiyasining ustunligini tan oladi", — deb yozadi nashr Sirskiy intervyusidan iqtibos keltirib.

Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, maxsus harbiy operatsiya hududida Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga, energetika, yoqilg‘i va transport infratuzilmasi obyektlariga zarbalar berilmoqda. Idoraga ko‘ra, 14–20 fevral kunlari davomida Ukraina tomoni bitta ommaviy va oltita guruhli javob zarbasini amalga oshirgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Mudofaa vazirligiga yangilangan Su-57lar topshirildi: nimalar takomillashtirildi