TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Quymoqlar, masxarabozlar va tulumlar — Chirchiqda Maslenitsa bayrami keng nishonlandi. Bayram bir vaqtning o‘zida shaharning ikki nuqtasida — Avliyo Georgiy monastiri hududida hamda Madaniyat saroyi maydonida bo‘lib o‘tdi.
Monastir hududida mehmonlarni O‘zbekiston Yoshlar teatri artistlari quvontirdi. Yig‘ilganlar bir-birlarini an’anaviy quymoqlar bilan mehmon qilishdi, bolalar esa bayram dasturida faol ishtirok etib, Rossotrudnichestvo tomonidan tayyorlangan sovg‘alarga ega bo‘lishdi.
An’anaga ko‘ra, bayramning asosiy ramzi — tulum (qish timsoli) Madaniyat saroyi maydonida yoqib yuborildi. Unga oldindan barcha xohlovchilar o‘z tilaklarini yozib qoldirishgan. Shu tariqa, chirchiqliklar qish bilan xayrlashib, bahorni qarshi olishdi.
Qishni kuzatish marosimini Sputnik O‘zbekiston muxbiri ham joyidan turib kuzatdi.