Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya DXRdagi Karpovka qishlog‘ini ozod qildi

So‘nggi 24 soat ichida UQK 1200dan ortq harbiy xizmatchisini yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “G‘arb” bo‘linmasi askarlari DXRdagi Karpovka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"G‘arb" guruhi bo‘linmalari faol operatsiyalar natijasida Karpovka qishlog‘ini ozod qildi", deyiladi bayonotda.
Rossiya kuchlari shuningdek, Xarkov viloyatidagi Borovaya, Kovsharovka va Osinovo hamda DXRdagi Krasny Liman qishloqlari yaqinida dushman shaxsiy tarkibi va texnikasini yo‘q qildi.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli Kuchlari 1265 askari, 14tank va boshqa jangovar zirhli mashinasini, 19ta dala artilleriya qurollari, yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinasi, 122ta transport vositasini va 172 ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘qotgan.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Ukraina 1,5 mlndan ortiq askar, 670 ta samolet, 283 ta vertolet, ️115 937 ta uchuvchisiz apparatlar, 650 ta zenit raketa tizimlari, 27 790 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashina, 1 670 ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinalari, 33400 ta dala artilleriya qurollari, 54 938 ta maxsus harbiy transportini yo‘qotgan.