Fuqarolar o‘z nomiga ochilgan bank kartasi va SIM-kartalarni onlayn tekshirishi mumkin bo‘ladi

Zarur hollarda ushbu kartalar yoki raqamlarni bevosita Yagona portal orqali yopish uchun ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev – Sputnik. O‘zbekistonliklar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP, my.gov.uz) orqali o‘zining nomiga nechta bank kartasi va nechta SIM-karta rasmiylashtirilganini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Mamlakatning 2026-yilga mo‘ljallangan davlat dasturida belgilanishicha, bu xizmat 2026-yil dekabrdan yo‘lga qo‘yiladi. Fuqaro o‘zi nomiga nechta bank kartasi va nechta mobil aloqa raqami rasmiylashtirilganini faqat o‘zi ko‘rishi hamda zarur hollarda ushbu kartalar yoki raqamlarni bevosita Yagona portal orqali yopish uchun ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, banklar va mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiya yo‘lga qo‘yilib, real vaqt rejimida ma’lumot almashish imkoniyati yaratiladi.
Bank karta faqat o‘zi yoki qarindoshiga biriktiriladi, sutkada 1 ta onlayn kredit olish mumkin