O‘zbekiston va YeOII

So‘rov: biznes vakillarining 70 foizdan ortig‘i YeOII ta’sirini ijobiy baholadi

Rossiya biznesi haftaligi doirasida taqdim etilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 70 foizdan ortig‘i Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining biznes rivojiga ijobiy ta’sirini qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Aleksandr Shoxin Rossiya biznesi haftaligi forumi doirasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, ishtirokchilarning 70,6 foizi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) biznes uchun ijobiy samara berayotganini bildirgan. Shuningdek, respondentlar YeOIIni eng istiqbolli integratsiya formatlaridan biri sifatida baholagan.
Shoxinning ta’kidlashicha, Yevroosiyo makonida biznes va davlat o‘rtasidagi muloqot ham samarali deb baholanmoqda.
So‘rov ishtirokchilari integratsiya doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri maslahatlashuvlar, tarmoq kengashlari va forumlarda ishtirokni eng talab yuqori bo‘lgan hamkorlik shakllari sifatida ko‘rsatgan.
Uning fikricha, biznes integratsiyadan endi faqat savdo emas, balki qo‘shma ishlab chiqarish va texnologik hamkorlikni ham kutayotgani Yevroosiyo makonida yangi bosqich shakllanayotganini ko‘rsatadi.
Rossiya biznesi haftaligi - bu davlat va biznes o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar shakllantiriladigan va muhokama qilinadigan Rossiya Savdo-sanoat palatasining asosiy tadbiri.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda bojxona qoidalari yangilandi: import uchun hujjatlar soni qisqaradi