O‘zbekiston va YeOII

Rossiya Janubiy Amerika davlatlari birlashmasi — Merkosur bilan hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Moskva Merkosur bilan muloqotga ochiq ekanini, biroq erkin savdo istiqbollari o‘zaro manfaatlilik nuqtayi nazaridan tahlil qilinishini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Moskva Merkosur bilan muloqotga ochiq ekanini, biroq ehtimoliy hamkorlikning o‘zaro manfaatliligini chuqur tahlil qilish zarurligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) a’zosi sifatida Lotin Amerikasidagi eng yirik iqtisodiy birlashma — Merkosur bilan erkin savdo zonasini yaratishga doim qiziqish bildirib kelgan.
“Rossiya mintaqadagi eng yirik iqtisodiy blok — Merkosur bilan muzokaralarning ehtimoliy istiqbollarini baholamoqda”, — dedi Overchuk “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir tomondan, bunday hamkorlikning o‘zaro manfaatliligi tahlil qilinishi lozim. Ikkinchi tomondan esa, hozirgi sharoitda YeOII iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan muayan muzokaralar resursi mavjud.
Merkosur — Argentina, Urugvay, Paragvay, Braziliya va Boliviyani birlashtirgan Janubiy Amerika umumiy bozori hisoblanadi. Birlashma 1991-yilda Paragvay poytaxti Asunsonda bojxona ittifoqi va umumiy bozorni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi bilan tuzilgan. Bugungi kunda Merkosur 250 millionga yaqin aholini qamrab olib, qit’a yalpi ichki mahsulotining 75 foizdan ortig‘ini birlashtiradi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Hindiston erkin savdo hududini yaratish to‘g‘risida muzokaralarni boshladi