"Ayrim a’zo davlatlarga (Yevropa Ittifoqi — tahr.) shunday deyish juda og‘ir: biz Ukrainadagi urush masalasida xato qildik. Axir strategiya tushunarli edi… Istanbuldagi stolda (mojaro boshlanganidan ko‘p o‘tmay — tahr.) urushni tugatishi mumkin bo‘lgan kelishuv tayyor edi. Biroq ayrim G‘arb siyosatchilari, avvalo Yevropadan kelganlar, bunday qaror qabul qilmanglar, deb aytdi. Chunki ular bu urush strategiyasi, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, sanksiyalar va kreditlar orqali Rossiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirish mumkin, deb hisoblashgan. Hozir esa bu strategiya ish bermayotganini hammamiz ko‘rib turibmiz. Ammo uni boshidan qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarda “yetar” deyishga jur’at yo‘q", — dedi Fitso.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Kiyevdan olib chiqilgandan so‘ng Ukraina tomoni barcha kelishuvlarni “uloqtirib yuborgan”, keyin esa Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar olib borishni qonunan taqiqlagan.