TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Samarqand viloyatida avtokross bo‘yicha O‘zbekiston kubogining birinchi bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Musobaqalar Urgut tumanidagi avtodromida bo‘lib o‘tdi.
"Baggi" klassida jizzaxlik G‘ayrat Odilov g‘alaba qozondi.
"A-7" yo‘nalishida samarqandlik Asliddin Siddiqov, "A-8" yo‘nalishida Jizzax viloyati vakili Nikolay Salayev eng yaxshi natijani qayd etdi.
"NU" milliy klassida jizzaxlik Samandar Husanov g‘olib deb topildi.
V Samarkande opredelili pobediteley pervogo etapa Kubka Uzbekistana po avtokrossu
© Sputnik
Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida Jizzax viloyatining "Vatanparvar" jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar samarqandlik sportchilar va jizzaxlik "Best klub" xususiy jamoasiga nasib etdi.
V Samarkande opredelili pobediteley pervogo etapa Kubka Uzbekistana po avtokrossu
© Sputnik
"Vatanparvar" viloyat kengashi texnik va amaliy sport turlari bo‘yicha viloyat markazi direktorining sport bo‘yicha o‘rinbosari Faxriddin Mardiyevning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, musobaqada 60 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan.