TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Svetkovoe aholi punktining Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tishi Zaporojye viloyatida hududni ozod qilishni davom ettirish uchun plasdarm yaratish imkonini berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Sharq" qo‘shinlari guruhining 5-gvardiya umumqo‘shin armiyasi 127-motoo‘qchi diviziyasining 218-tank polki harbiy xizmatchilari Zaporojye viloyatining Svetkovoe aholi punktini ozod qildi.
Rossiyskie voyska vzali pod kontrol Svetkovoe v Zaporojskoy oblasti
© RIA Novosti
Ma’lum qilinishicha, dushman katta miqdorda ishchi kuchi va harbiy texnikasini yo‘qotgan. Shuningdek, qishloqni ozod qilish chog‘ida dengizbo‘yi askarlari tomonidan Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchish apparatlariga oid ikkita boshqaruv punkti yo‘q qilingan.
"Dushmanning qattiq qarshiligiga qaramay, "Sharq" qo‘shinlari guruhi hujumchilari Zaporojye viloyatida hududni yanada ozod qilish uchun plasdarm yaratdi", — deyiladi xabarda.