Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Magdalinovka, Primorskoe va Zapasnoe ozod qilindi - Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘i bayonotlari

Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning ma’lum qilishicha, fevralning ikki haftasida 12 ta aholi punkti ozod qilindi va 200 kv. kilometrdan ortiq hudud nazoratga olindi
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Fevral oyining ikki haftasida Rossiya qo‘shinlari 12 ta aholi punktini ozod qildi, 200 kvadrat kilometrdan ortiq hudud nazoratga olindi.
Bu haqda Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i — Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Valeriy Gerasimov “Markaz” qo‘shinlari guruhi boshqaruv punktida jangovar vazifalar ijrosini tekshirish chog‘ida ma’lum qildi.
Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, hujum barcha yo‘nalishlarda davom etmoqda, Ukraina Qurolli Kuchlari katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Rossiya tomoni uchuvchisiz tizimlardan faol foydalanmoqda va ularni dushmanga nisbatan o‘rtacha ikki baravar ko‘p qo‘llamoqda.
Gerasimovning boshqa bayonotlari:
“Dnepr” guruhi Zaporojye yo‘nalishida hujumni davom ettirib, Magdalinovka, Primorskoe va Zapasnoe aholi punktlarini nazoratga oldi.

“Shimol” guruhi Sumi va Xarkov viloyatlari chegara hududlarida xavfsizlik zonasini kengaytirmoqda.

Eng shiddatli janglar “Markaz” guruhi mas’uliyat zonasida olib borilmoqda. Dobropolye yo‘nalishida hujum rivojlantirilmoqda, Yangi Donbass va Beliskoe aholi punktlarini ozod qilish davom etmoqda. Shuningdek, Novopavlovka va Novopodgorniy uchun janglar ketmoqda.
“G‘arb” guruhi Oskol darosining sharqiy qirg‘og‘idagi pozitsiyalarni mustahkamlamoqda. Krasnolimanskiy yo‘nalishida Drobishevo va Yarovaya aholi punktlarini tozalash ishlari yakunlanmoqda.
“Janubiy” guruh Slavansk yo‘nalishida harakatlanmoqda. Reznikovkani ozod qilish nihoyasiga yetmoqda.
“Sharq” guruhi Zaporojye viloyatining sharqiy qismida hujumni rivojlantirmoqda, dushman tuzilmalari katta yo‘qotishlarga uchramoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari ikki haftada 8 qishloq va 300 kv.km hudud ozod qildi: Gerasimov bayonotlari