Made in Uzbekistan Makkada: 30dan ortiq tadbirkor halol forum ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Makka shahrida o‘tayotgan “Makkah Halal Forum 2026” ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi ostida 30 dan ortiq tadbirkor eksportbop mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Saudiya Arabistonining Makka shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro “Makkah Halal Forum 2026” ko‘rgazmasida O‘zbekistondan 30 nafardan ortiq tadbirkor “Made in Uzbekistan” yagona milliy stendi ostida o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
14–16 fevral kunlari davom etadigan forum halol sanoat sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar va investorlarni bir maydonga jamladi. 1200 kv.m hududda tashkil etilgan tadbirda 15 ta davlatdan 130 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etmoqda.
Na vistavke "Makkah Halal Forum 2026" predprinimateli iz Uzbekistana predstavlyayut svoyu produksiyu
O‘zbekiston milliy stendi 170 kv.mdan ziyod maydonni egallagan. Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportbop mahsulotlari — quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, turli oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa tayyor tovarlar taqdim etildi.
Mazkur ishtirok O‘zbekistonning xalqaro halol bozoridagi imkoniyatlarini namoyish etish, yangi sheriklar topish va eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston mahsulotlari Yevroosiyo "Halol" ittifoqida qo‘shimcha tekshiruvsiz sotilishi mumkin