15 fevral 1989: Afg‘onistondan SSSR qo‘shinlari chiqishi, 15 ming yo‘qotish va siyosiy o‘yinlar

1989 yil 15-fevralda “Do‘stlik” ko‘prigi orqali sovet qo‘shinlarining so‘nggi kolonnasi Afg‘onistonni tark etdi. Shu tariqa to‘qqiz yillik harbiy ishtirok rasman yakunlandi.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. 1989 yil 15-fevralda sovet qo‘shinlarining so‘nggi kolonnasi “Do‘stlik” ko‘prigi orqali Afg‘oniston bilan chegarani kesib o‘tdi. Shu tariqa 1979-yil dekabr oyidan buyon mamlakatda bo‘lgan cheklangan sovet kontingenti Afg‘onistonni tark etdi.
“Ortimda birorta ham sovet askari, ofitseri, praporshchigi yo‘q. To‘qqiz yillik turish shu bilan tugadi... Shu to‘qqiz yilni o‘tkazgan askarlarimizga haykal qo‘yish kerak”, — bu so‘zlarni general-leytenant Boris Gromov aytgan.
U 1989-yil 15-fevralda Afg‘onistondan sovet qo‘shinlarining so‘nggi kolonnasini yakunlab, “Do‘stlik” ko‘prigi orqali chegarani kesib o‘tgan edi.
Kolonna bronetransporterov na mostu v Termeze vo vremya vivoda sovetskix voysk iz Afganistana. 14-fevralya 1989 goda
Qo‘shinlar 1988-yilgi Jeneva kelishuvlari asosida Afg‘onistonni tark etdi. Rasmiy ravishda bu Afg‘oniston hukumati Muhammad Najibullo va Vashingtondan nazorat qilinadigan Pokiston o‘rtasidagi shartnoma edi.
Najibullo sovet kontingentini qolishga ko‘ndirishga urindi. SSSR tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze uni qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga, mujohidlar avvalgidek hujumlarni davom ettirdi, amerikaliklar esa ularga qurol yetkazib berishda davom etdi.
Amerika razvedkasining Afg‘onistondagi “Siklon” maxfiy operatsiyasi sovet askarlari mamlakatga kiritilishidan oldin boshlangan va ular chiqib ketgandan keyin ham davom etgan.
AQSh mujohidlarga eng yangi qurollar, jumladan “Stinger” zenit-raketa komplekslari va o‘q-dorilar yetkazib berdi. Muxolifat bilan amerikalik instruktorlar ishladi. Shu bilan birga, Vashington ommaviy ravishda o‘z ishtirokini rad etdi.
Keyinchalik AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Zbignev Bjezinskiy Afg‘onistonda amalga oshirilgan maxfiy operatsiyaning maqsadi va natijalariga izoh berib, uni Sovet Ittifoqiga qarshi strategik qadam sifatida baholagan.

“Maxfiy operatsiya ajoyib g‘oya edi. Uning natijasi Sovet Ittifoqini afg‘on tuzog‘iga ilintirish bo‘ldi”- degan Bjezinskiy.

Bu fikrni MRBning sobiq direktori Robert Geyts ham o‘z xotiralarida tasdiqlagan.
Qo‘shinlarni olib chiqish ikki bosqichda amalga oshirildi:
— 1988-yil maydan avgustgacha SSSR 12 viloyatdan 50 mingdan ortiq harbiyni olib chiqdi;
— 1988-yil dekabridan 40-armiya qismlarining yakuniy olib chiqilishi boshlandi.
“Do‘stlik” ko‘prigi orqali Afg‘onistonni oxirgi bo‘lib uning qo‘mondoni general-leytenant Boris Gromov o‘g‘li bilan tark etdi. Ularni ko‘plab sovet va chet el jurnalistlari kutib oldi.
Sovet qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan so‘ng Afg‘oniston ichidagi kuchlar o‘rtasidagi kurash davom etdi. Najibullo hukumati uzoq yashamadi va 1992-yilda hokimiyat tepasiga mujohidlar keldi.
Afg‘on mojarosi yillarida SSSRning rasmiy yo‘qotishlari 15 051 kishini tashkil etgan.
Venesuela voqealaridan so‘ng Afg‘oniston o‘z armiyasini kuchaytirishga qaror qildi