TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Sumi viloyatida qarshi hujumga urinish paytida ikkita hujum guruhini yo‘qotdi, deb xabar qilmoqa RIA Novosti.
"Dushman natsistlardan ibort 153-"Arey" polkining kuchlaridan foydalangan holda muvaffaqiyatsiz qarshi hujumni amalga oshirdi. Ular ikkita hujum guruhi bilan turli pozitsiyalardan hujumga o‘tishga urindi, ammo bizning razvedka tomonidan oldindan aniqlandi", - dedi agentlik manbasi.
Rossiya Qurolli kuchlari ikkala hujum guruhini ham yo‘q qildi va Ukraina qarshi hujumini barbod qildi.
Sumi viloyati "Shimol" kuchlar guruhi mas’uliyati doirasida. O‘tgan hafta davomida Ukraina Qurolli kuchlari 1425 nafardan ortiq askar, oltita zirhli jangovar mashina, 81 ta transport vositasi, 12 ta dala artilleriya qurilmasi, Grad va Vampire yoppasiga o‘t ochish tizimi, ikkita elektron kurash stansiyasi va 45 ta omborni yo‘qotdi.
Prezident Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiya armiyasi Xarkov va Sumi viloyatlari bilan chegarada xavfsizlik bufer zonasini yaratish vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta davomida Ukraina to‘rtta aholi punktini yo‘qotdi, UQK 8,4 mingdan ortiq harbiy xizmatchilari, 125 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 63 ta artilleriya qurollari, 2 ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinalari, 4 ta "Neptun" raketasi, 466 ta harbiy avtomobil va 1243 ta uchuvchisiz apparatlaridan mahrum bo‘ldi.