O‘zbekistonda ko‘chmas mulk narxlari ma’lum qilindi

Yanvarda poytaxtda uy-joy ijarasining o‘rtacha qiymati 1 kv. metr uchun qariyb 8,8 dollarni tashkil etdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Yanvarda ko‘chmas mulk bozorida narxlar dinamikasi mo‘’tadil saqlanmoqda, shu bilan birga poytaxtning birlamchi bozorida nisbatan yuqori o‘sish qayd etildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida ma’lum qilindi.
Respublika miqyosida ikkillamchi uy-joy bozorida narxlar dinamikasi
Yanvar oyida ikkillamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlarning mo‘’tadil o‘sishi qayd etildi.
Respublika bo‘yichaikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv. metr uchun o‘rtacha narx bir oyda 0,9% ga oshdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar o‘sishi 8% ni tashkil etdi.
Eng yuqori narx o‘sishi Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida qayd etildi. Bu hududlarda uy-joy narxlarining o‘rtacha o‘sishi qariyb 24% ni tashkil qildi. Shuningdek, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham narxlar 16% ga oshdi.
Birlamchi va ikkilamchi uy-joylar narxlari
Toshkent shahrida ikkillamchi va birlamchi uy-joy narxlari dinamikasi
Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkillamchi uy-joy bozorida 1 kv. metr uchun o‘rtacha narxi qariyb 1120 dollarni tashkil etdi va oylik hisobda 0,6% ga oshdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar qariyb 2% ga o‘sdi.
Ikkillamchi uy-joy narxlarining eng yuqori o‘sishi Yakkasaroy (5,7%) va Mirabad (4,3%) tumanlarida qayd etildi.
Shu bilan birga, poytaxtning birlamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi nisbatan yuqori bo‘ldi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan yangi qurilgan uy-joylarda 1 kv. metr uchun o‘rtacha narx9%dan ko‘proqqa oshdi.
Birlamchi uy-joy narxlarining eng yuqori o‘sishi Mirobad (18,4%) va Mirzo-Ulug‘bek (17,3%) tumanlarida qayd etildi.
Toshkentda ijara bozori tahlili
Yanvar oyida poytaxtda uy-joy ijarasining o‘rtacha qiymati 1 kv. metr uchun qariyb 8,8 dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9% ga yuqori.
Ijara narxlarining eng yuqori ko‘rsatkichipoytaxtning Mirobad, Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida saqlanmoqda. Bu tumanlarda ijara narxi 1 kv. metr uchun o‘rchata 11 dollar atrofida.
Ayni paytda ijara narxlarining o‘sish sur’atlari jadallashuvi Olmazor, Yunusobod, Yashnobod, Chilonzor va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida ko‘proq kuzatilib, ushbu hududlarda yillik o‘rtacha o‘sish qariyb 13% ni tashkil etdi.
Ko‘chmas mulk bozori faolligi va hududiy dinamika
Yanvar oyida respublika bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 28,6 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bitimlar soni qariyb 12% ga oshdi.
Yil boshidan buyon ko‘chmas mulk savdolari dinamikasi respublika hududlarida ijobiy tendensiyalarni namoyon etmoqda. Respublika ko‘chmas mulk bozorining qariyb uchdan bir qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, savdolar hajmi 33,4% ga oshdi. Bu esa respublikaning barcha hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Shuningdek, Samarqand (26%) va Sirdaryo (24%) viloyatlarida ham bitimlar sonining sezilarli o‘sishi qayd etildi.
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori salohiyati - tahlil