TOShKENT, 13 fev – Sputnik. "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi Akbar Sultonovni lavozimidan ozod etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev shunday ko‘rsatma berdi.
13 fevraldagi yig‘ilishda poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar hozirdan zamon talabiga mos holda ishlamasa, nafaqat tashqi, balki ichki bozorda ham raqobat qila olmasligi ta’kidlandi. Lekin "O‘zcharmsanoat" uyushmasi rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamagani tanqid qilindi.
Poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, bog‘ich, furnitura bo‘yicha haligacha importga bog‘liqlik bor.
Oqibatda 2025-yili eksport bo‘yicha va’da qilgan 250 million dollarning 40 foizi ham ta’minlangani yo‘q. Uyushmaning bu yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi Akbar Sultonovni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berildi.
Sultonov 2024-yil 25-noyabrda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi etib tayinlangan edi. Ungacha uyushma raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.