TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Samarqandda erkaklar o‘rtasidagi voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy ligasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli hududlardan to‘qqizta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
V Samarkande proxodit chempionat Uzbekistana po voleybolu
© Sputnik
Samarqand viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi Shahobiddin To‘xtapo‘latovning aytishicha, ayni paytda “Uztelecom”, “Road Patrol” va IIV Akademiyasi jamoalari peshqadamlik qilmoqda.
Uning ta’kidlashicha, Samarqand jamoasi yetakchi o‘yinchilaridan birining jarohati sabab ortda qolmoqda.
V Samarkande proxodit chempionat Uzbekistana po voleybolu
© Sputnik
Shu chempionat doirasida musobaqalar Toshkent shahrida ham o‘tkazilmoqda. U yerda sakkizta jamoa aprel oyida poytaxtda bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanma uchun kurashmoqda.
Musobaqalar 16-fevral kuni yakunlanadi.