O‘zbekiston va YeOII

Qozog‘iston Senati YeOII–Mo‘g‘uliston kelishuvini ma’qulladi: ko‘plab tovarlarga bojlar pasayadi

Qozog‘iston Senati YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi uch yillik vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qildi. Hujjat import bojlarini pasaytirishni nazarda tutadi.
Sputnik
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Qozog‘iston Senati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston Senati apparati rahbari Maksim Spotkay ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, senatorlar tomonidan ma’qullangan hujjat savdoni liberallashtirish hamda o‘zaro savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish uchun huquqiy asos yaratadi.
Maksim Spotkayning so‘zlariga ko‘ra:
kelishuv uzaytirish imkoniyati bilan uch yil muddatga tuzilgan;
don, parranda go‘shti, sut mahsulotlari, yog‘lar, qandolatchilik mahsulotlari, metallurgiya va kimyo mahsulotlari, transport vositalari kabi keng turdagi tovarlar bo‘yicha import bojlarini pasaytirish yoki nolga tenglashtirish nazarda tutilgan;
hamkorlik bojxona tartiblari, elektron savdo, texnik tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralarini qamrab oladi.
Shuningdek, bitim qoidalari Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga mos kelishi va barqaror savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgani qayd etildi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII–Mo‘g‘uliston savdo kelishuvi: mo‘g‘ulistonlik tadbirkorlar uchun imtiyozlar tushuntirildi