Amirsoy va Chimonga borish osonlashadi: 20 ta mikroavtobus yo‘nalishga chiqarildi

Yangi transport vositalari tog‘li hududlar aholisiga ham xizmat ko‘rsatadi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va turizmni rivojlantirish maqsadida “Chinorkent–Usufxona–Chimon–Amirsoy” yo‘nalishida zamonaviy yo‘lovchi tashish tizimi joriy etilmoqda.
Tog‘li yo‘llar sharoitida xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul tashkilotlar va tajribali tashuvchilar ishtirokida sinov qatnovlari o‘tkazildi. Natijada “Ford” rusumli mikroavtobuslar tanlandi.
Shu asosda “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi “Toshavtobustrans” MChJ tomonidan 20 ta mikroavtobus xarid qilinib, ular O‘zbekistonga olib kelindi.
Yangi transport vositalari tog‘li hududlar aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan birga, Chinorkent, Chimon va Amirsoy kabi sayyohlik maskanlariga qatnaydigan turistik yo‘nalishlarda ham foydalaniladi. Bu ekoturizm salohiyatini oshirish va hududda qulay jamoat transporti xizmatini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Qarshi shahrida 43 dona yangi avtobus yo‘nalishga qo‘yildi