TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliy o‘simliklarning suvda eruvchi polisaxaridlari asosida ekologik toza va to‘liq bioparchalanadigan plonkalar uchun optimal retseptura ishlab chiqildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Ishlanma Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimosi instituti olimlari tomonidan yaratilgan. Bioplonkalar tashqi ko‘rinishi va mustahkamligi jihatidan polietilenga o‘xshash, biroq tuproq va suvda oson parchalanib, atrof-muhitga zarar yetkazmaydi.
Ta’kidlanishicha, mazkur material oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida qo‘llash uchun istiqbolli bo‘lib, plastik chiqindilarni kamaytirishga xizmat qiladi. Mahalliy o‘simlik xomashosi asosida tayyorlangani uning ekologik va sanitar xavfsizligini ta’minlaydi.