Matbuot markazi

"Sputnik"da O‘zbekiston bolalarida onkologiyani davolash zamonaviy usullari muhokama qilinadi

Moskva-Toshkent videoko‘prigida mutaxassislar bolalar saratonini erta aniqlash va zamonaviy davolash imkoniyatlari haqida fikr almashadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 12-fevral kuni soat 12:00 da Xalqaro bolalar saratoniga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan Moskva–Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdan ishtirokchilar
Dilnoza Agzamxodjayeva — Bolalar onkologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (IATM) direktorining tibbiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, bosh shifokor;
Nigora Adurahmanova — gematolog, transfuziolog, qon va o‘zak hujayralar banki mudiri;
Gleb Bronin — gematolog, transplantolog, xalqaro ekspert.
Moskvadan ishtirokchi
Olga Gerova — Vasya Perevoshchikov nomidagi suyak ko‘migi donorlari milliy registri tibbiyot direktori.
Muhokama mavzulari
Bolalar onkologik kasalliklarisha erta tashxis qo‘yishning dolzarb masalalari;
Davolashning zamonaviy va innovatsion usullari, dori vositalari bilan ta’minlanganlik;
O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi bo‘yicha mavjud tendensiyalar.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Oq xalatli sehrgarlar: shifokorlar bemorlarga baxtli bolalikni qanday qaytarishapti