Yangi daromad manbai: “og‘ir” mahallalarda quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, “og‘ir” mahallalarda 300–500 kVt quvvatli kichik quyosh elektr stansiyalari barpo etilib, loyiha uchun 110 million dollar ajratiladi
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. "Og‘ir” mahallalarda kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 300–500 kVt quvvatli kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish choralari belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli prezident qarori qabul qilindi.
Loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 110 mln dollar ajratilishi nazarda tutilgan. Kichik quyosh elektr stansiyalari mahallalar uchun daromad keltiradigan aktiv sifatida ishlaydi.
Qarorga muvofiq, 1 oy ichida quyidagilarni qamrab olgan alohida qaror loyihasi kiritiladi:
QESlarni loyihalash, davlat ekspertizasidan o‘tkazish va tender orqali pudratchini aniqlash;
Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish va obyektlarni foydalanishga qabul qilish;
Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash mexanizmini belgilash.
Ijtimoiy reyestr: oilalar 3 toifaga ajratiladi, nafaqa tartibi o‘zgardi