TOShKENT, 9 fev — Sputnik. "Rostex" davlat korporatsiyasi tarkibidagi Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi yangilangan texnik ko‘rinishga ega Su-57 samolyotlarining navbatdagi partiyasini Rossiya Mudofaa vazirligiga topshirdi. Bu haqda "Rostex" matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyotlar modernizatsiya qilingan bort tizimlari va takomillashtirilgan qurol-yarog‘ kompleksi bilan jihozlangan. Ular zavod va parvoz sinovlarining to‘liq sikldan o‘tgan.
Rasmiylarga ko‘ra, yangi texnik ko‘rinish "Su-57"ning jangovar vazifalar doirasini kengaytirgan. Samolyot havo, quruqlik va dengizdagi nishonlarga kecha-yu kunduz, murakkab ob-havo va radioelektron qarshilik sharoitida zarba bera oladi.
Ta’kidlanishicha, Su-57 maxsus harbiy operatsiya sharoitida sinovdan o‘tib, ilg‘or havo mudofaa tizimlari faol hududlarda ham qo‘llanish imkonini ko‘rsatgan.
Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, qiruvchi samolyotda qurol-yarog‘ va bort tizimlarini yanada takomillashtirish ishlari davom etmoqda.