TOShKENT, 8 fev — Sputnik. FXX ma’lumotiga ko‘ra, general-leytenant Vladimir Alekseyevga uyushtirilgan suiqasdning bevosita ijrochisi Lyubomir Korba ekani aniqlangan. Bu haqda FXX matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Lyubomir Korba Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olinib, Rossiya tomoniga topshirilgan.
Maxsus xizmat xabarida aytilishicha, ushbu operatsiya BAAdagi hamkorlar ko‘magida amalga oshirilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, suiqasdga yordam berganlar sifatida rossiyalik Viktor Vasin va Zinaida Serebriskaya ko‘rsatilgan. Vasin Moskvada qo‘lga olingan, Serebriskaya esa Ukraina hududiga chiqib ketgan. Jinoyat tashkilotchilarini qidirish davom etmoqda
Hodisa Moskvada sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs generalga qarata bir necha marta o‘q uzib, voqea joyidan qochgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan qotillikka suiqasd va o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Alekseyevga suiqasd Ukraina muzokaralar jarayonini buzishga qaratilgan doimiy provokatsiyalarga tayyorligini ko‘rsatadi.