O‘zbekiston va YeOII

YeOII robotlashtirishni jahon ko‘rsatkichlariga yaqinlashtirishni rejalashtirmoqda

2025 yilda YeIK Kengashi "Robototexnika" Yevroosiyo texnologik platformasini tasdiqladi. Unga YeOII davlatlarining milliy robototexnika uyushmalari kiritildi
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida sanoat robototexnikasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda YeIK Sanoat siyosati departamenti Sanoat siyosati, davlatlararo dasturlar va loyihalar bo‘limi boshlig‘i Denis Kucheravsev ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur yo‘nalish Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar qatoriga kiritilgan. Unga ko‘ra, sanoatda sun’iy intellektni joriy etish va to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlarni yaratish muhim vazifa hisoblanadi.
Hozirgi kunda YeOIIga a’zo davlatlarda sanoat robotlashtirish zichligi quyidagicha:
Armaniston, Belarus va Qirg‘iz Respublikasi — har 10 ming ishchiga 5 ta sanoat roboti;
Qozog‘iston — har 10 ming ishchiga 10 ta sanoat roboti;
Rossiya — har 10 ming ishchiga 35 ta sanoat roboti.
Bu ko‘rsatkichlar jahondagi o‘rtacha darajadan ancha past. Ayni paytda dunyo bo‘yicha o‘rtacha zichlik har 10 ming ishchiga qariyb 200 ta sanoat robotini tashkil etadi.
Komissiya oldidagi asosiy vazifa — a’zo davlatlarni ushbu o‘rtacha ko‘rsatkichga yaqinlashtirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish. Milliy darajada ham 2030-yilga qadar erishilishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. Jumladan, Rossiyada har 10 ming ishchiga 145 ta robot ko‘rsatkichiga chiqish rejalashtirilgan, Belarusda esa bu raqam 100 tani tashkil etadi.
Qozog‘istonda ayni paytda iqtisodiyot tarmoqlarini robotlashtirish bo‘yicha milliy loyiha tayyorlanmoqda. YeOII davlatlaridagi mavjud yutuqlar va oraliq natijalar joriy yilda Ostonada o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida alohida tadbirda muhokama qilinishi
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda yil oxirigacha elektron savdoning meyoriy hujjatlari qabul qilinadi