ShHTda yangi a’zolar, yagona valyuta va hamkorlik masalalari — bosh kotib intervyusi

ShHT bosh kotibi intervyuda yangi a’zolar, yagona valyuta masalasi, yil yakunlari va o‘tkazilgan tadbirlar haqida fikr bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) qo‘shilish bo‘yicha 10 tadan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan arizalar kelib tushgan. Bu haqda ShHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Intervyudagi asosiy bayonotlar:
Tashkilot uchun kengayish emas, sifatli hamkorlik ustuvor;
2025 yilda Laos muloqot bo‘yicha sherik maqomini oldi va "ShHT hamjamiyati" 27 ta davlatga yetdi;
ShHT 24-yil ichida olti a’zodan yirik transmintaqaviy birlashmaga aylandi;
ShHT Nizomi va xalqaro kelishuvlariga rioya qiluvchi, belgilangan mezon va shartlarga mos davlatlar uchun tashkilot ochiq;
A’zo davlatlar o‘rtasida hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushi ortib bormoqda;
Yagona valyuta masalasi kun tartibida yo‘q, ustuvorlik — moslashuvchan hisob-kitob tizimi;
O‘tgan yil ShHT uchun muhim bosqich bo‘lib, sezilarli yutuqlarga erishildi;
2025 yilda "Shanxay ruhini ilgari surish: ShHT harakatda" shiori ostida Xitoy hamkorlar bilan 190 taga yaqin tadbir o‘tkazdi;
Tashkilot mintaqaviy xavfsizlik va jahon iqtisodiyoti o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda;
ShHT "diktat siyosati"ga muqobil sifatida o‘zaro ishonch va tenglik tamoyillarini ilgari suradi.
Ma’lumot uchun: ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Hamkor davlatlar: Afg‘oniston, Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Mo‘g‘uliston, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.
ShHT: atom energiyasi, BMT islohi va ochiq iqtisodiy makon bo‘yicha bayonotlar e’lon qilindi