TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, undagi yo‘lovchidan 2797 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida fosh etilgan. Yo‘lovchi Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, 1994-yilda tug‘ilgan shaxs ekani aytilmoqda. Dori vositalari Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgani ma’lum qilingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi (kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.