TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Samarqand shahrida 8 ta turizm ko‘chasi tashkil etiladi.
Ulardan biri Alisher Navoiy ko‘chasida paydo bo‘lib, ijodkorlik va dam olish markaziga aylanadi, ikkinchisi gastronomik, Zarafshon shoh ko‘chasida.
Temir yo‘l stansiyasi hududidagi Ibn Xoldun ko‘chasi Osiyoning turli mamlakatlaridagi do‘konlar, restoranlar va oshxonalar bilan "Osiyo ko‘chasi"ga aylanadi. Sayyohlik hududi Pushkin ko‘chasida ham paydo bo‘ladi.
Samarqanddagi turizm ko‘chalari
© Sputnik
Viloyat turizm boshqarmasining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, sayyohlik ko‘chalarining paydo bo‘lishi shahar aholisi va mehmonlari uchun qulay sharoitlarni yaratadi.