TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putindan Ukrainaga zarba bermay turishni so‘ragan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Prezident Tramp prezident Putindan muzokaralar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish davrida bir hafta davomida, 1-fevralgacha Kiyevga zarba berishdan voz kechib turishni iltimos qildi”, - dedi Kreml vakili.
Peskov Trampning bu taklifiga Rossiyaning javobi qanday bo‘lgani haqidagi savolga javob bermadi.
Avvalroq Tramp Putindan rekord darajasidagi sovuq sababli Rossiya armiyasi bir hafta Ukrainaning Kiyev va boshqa shaharlariga zarba berishni to‘xtatib turishini shaxsan iltimos qilganini ma’lum qildi. AQSh rahbarining ta’kidlashicha, Putin bunga rozi bo‘lgan.