Birinchi fevraldan “Tashabbusli budjet” boshlanadi — bosqichlar sanalari e’lon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi ilk mavsumi 1-fevraldan boshlanadi. Loyihalar 20-fevralgacha qabul qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. 1 fevraldan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.
Bu mavsum jarayon joriy etilganidan beri o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.
Jarayon quyidagi bosqichlarda o‘tadi:
1-20 fevral — loyihalarni kiritish;
21 fevral-7 mart — saralash bosqichi;
8-10 mart — targ‘ibot bosqichi;
11-20 mart — ovoz berish bosqichi;
21-31 mart — qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi.
An’anaviy ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z kuni e’lon qilinadi.
Toshkentda "Open budjet" g‘oliblarining 96 foizi davlat tashkilotlari bo‘ldi