AES beton ishlari bahorga mo‘ljallangan: Mirziyoyev "Rosatom" rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachov bilan uchrashuvda O‘zbekiston AES qurilishi bosqichlarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi
Uchrashuvda O‘zbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasining amaliy jihatlari va atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘tgan yil oktabrda kam quvvatli birinchi reaktor binosi uchun poydevor ishlari boshlangani qayd etildi. Hozirda stansiyani loyihalashtirish davom etmoqda.
Shuningdek, Toshkentda "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti filiali negizida atom energetikasi va yadro texnologiyalari bo‘yicha muhandislik maktabi ishga tushirilgani ta’kidlandi.
Qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qo‘llash, kadrlar tayyorlash va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
"Rosatom" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda atom stansiyasini qurish bosqichlari muhokama qilindi. Aleksey Lixachovning ta’kidlashicha, loyiha jadvalga to‘liq mos holda yuqori sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Joriy yilning asosiy vazifasi — yadroviy orol binolari poydevor plitasi asosiga beton quyish ishlariga o‘tish bo‘lib, beton tayyorlashni bahordan boshlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: "yadroviy orol" reaktor va uning xavfsizlik tizimlari joylashgan, stansiyaning eng muhim qismi hisoblanadi.
AES qurilishi muddatlari ko‘chirildimi: "O‘zatom" rasmiy javob berdi