TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning “Turkiston” gazetasiga bergan “Qozog‘iston modernizatsiyaning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi” nomli intervyusi hamda Milliy Qurultoyning V-sessiyasidagi nutqi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, tahlil markazlari, mutaxassislar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvni ochib bergan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Beybut Atamqulov prezident intervyusida ko‘tarilgan mavzular Qozog‘istonning ichki kun tartibidan tashqariga chiqib, mintaqaviy jarayonlarga bevosita daxldor ekanligini ta’kidladi.
Krugliy stol, posvashonniy intervyu prezidenta Kazaxstana Kasim-Jomarta Tokayeva gazete Turkistan v posolstve Respubliki Kazaxstan v Tashkente
© Sputnik / Maksad Djangirov
“Biz Markaziy Osiyoga bo‘lgan e’tiborning oshganini ko‘rapmiz: “S5+1” formati jadal rivojlanmoqda, mintaqa mamlakatlari global jarayonlarga tobora faol jalb etilmoqda. O‘tgan yil oxirida Qozog‘iston Ibrohim kelishuvlariga qo‘shildi, o‘tgan haftaning o‘zidayoq mamlakatlarimiz Tinchlik kengashining tashabbuskorlari bo‘ldi. Bizning fikrimizcha, ushbu tashabbus va loyihalarning barchasi jahon miqyosidagi ishonch va barqarorlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi”, - dedi u.
Suv diplomatiyasi: mintaqaviy yondashuv
Davra suhbatida suv diplomatiyasi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar prezident intervyusida alohida suv resurslarini boshqarishning tarqoq milliy yechimlaridan kelishilgan mintaqaviy mexanizmlarga o‘tish zarurligi ta’kidlanganini qayd etishdi.
Krugliy stol, posvashonniy intervyu prezidenta Kazaxstana Kasim-Jomarta Tokayeva gazete Turkistan v posolstve Respubliki Kazaxstan v Tashkente
© Sputnik
Mutaxassislar suv xo‘jaligi tizimlari o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun ma’lumotlar almashish, hamkorlikda rejalashtirish va iqlim o‘zgarishi sharoitida ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
“Sirdaryo darosining quyi oqimida joylashgan Qozog‘iston uchun ham, O‘zbekiston uchun ham bu masala prinsipial ahamiyat kasb etadi. Qozog‘iston rahbarining nutqida bu mavzu dastlabki o‘rinlarda tilga olingani bejiz emas. Suv diplomatiyasiga, sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va mintaqaviy mas’uliyatga asoslangan yondashuv nafaqat bitta davlatning muammolarini hal etish, balki butun mintaqaning barqarorligi uchun muhimdir”, - dedi Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktor o‘rinbosari Sherzod Fayziyev.
Energetika va transport: uzviylik mantig‘i
Suhbatning iqtisodiy qismini muhokama qilgan davra suhbati ishtirokchilari Qozog‘iston prezidenti ta’kidlagan infratuzilmani modernizatsiya qilish masalasi O‘zbekistonning transport yo‘laklarini rivojlantirish va energetika xavfsizligini ta’minlash vazifalari bilan mantiqan bog‘liq ekanini qayd etishdi.
Temir yo‘l va avtomobil logistika yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash, Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, energetika sohasida, jumladan elektr energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarida hamkorlikni muvofiqlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Raqamlashtirish va sun’iy intellekt
Munozaraning alohida qismi raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar Qozog‘iston prezidentining intervyusida texnologiyalar yangi boshqaruv va iqtisodiyot modelining asosi sifatida ta’kidlanganini qayd etdi.
Krugliy stol, posvashonniy intervyu prezidenta Kazaxstana Kasim-Jomarta Tokayeva gazete Turkistan v posolstve Respubliki Kazaxstan v Tashkente
© Sputnik
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston va Qozog‘iston raqamli o‘zgarishning o‘xshash bosqichida - ya’ni elektron davlat xizmatlaridan davlat boshqaruvi, sanoat va ijtimoiy sohada katta hajmli ma’lumotlar hamda sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tish jarayonida. Shu nuqtayi nazardan, tajriba almashish va o‘zaro mos raqamli yondashuvlarni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Inson kapitali modernizatsiyaning asosi
Muhokamani yakunlar ekan, ishtirokchilar prezident Toqayev tomonidan muhokama qilingan modernizatsiyaning asosiy elementi inson kapitalini rivojlantirish bo‘lib qolayotganini alohida ta’kidlashdi.
Ta’lim dasturlarini yaqinlashtirish, akademik mobillik, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va sun’iy intellektdan tortib energetika va logistikagacha bo‘lgan yangi sohalar uchun kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
“Inson kapitali” tushunchasi ko‘pincha faqat iqtisodiy ma’noda talqin etiladi, biroq aslida u ancha chuqurroq mazmunga ega. Bu yerda asosiy jihat aynan insoniy o‘lchov - bir yo‘nalishda fikrlaydigan odamlardir. Aynan shu sababli bugungi kunda Qozog‘istonda shakllanayotgan yondashuvlar O‘zbekiston mutaxassislariga juda yaqin”, - deb ta’kidladi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktor o‘rinbosari Sherzod Fayziyev islohotlarning mintaqaviy o‘zaro bog‘liqligi mavzusini davom ettirib, Qozog‘istonning modernizatsiya dasturi butun mintaqa uchun ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.
“Bu chora-tadbirlar bitta asosiy maqsadga - fuqarolarning farovonligi va turmush sifatini oshirishga qaratilgan. Bunday kun tartibi nafaqat Qozog‘iston uchun, balki butun Markaziy Osiyoga bevosita daxldor. Prezidentlarimiz tashabbusi bilan boshlanayotgan birlashuv jarayonlari tufayli mintaqa tobora ko‘proq o‘zaro bog‘liq makon sifatida qabul qilinmoqda. Bir mamlakatdagi islohotlar barcha qo‘shni davlatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va Markaziy Osiyoni xalqaro munosabatlarning mustaqil subyekti sifatida mustahkamlash uchun asos yaratmoqda”, - dedi u.
Davra suhbati yakunida Qozog‘iston prezidenti intervyusida aytilgan tashabbuslar O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari uchun amaliy ahamiyatga egaligi, chunki ular umumiy muammolarni aks ettiradi hamda Markaziy Osiyoda hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi deb ta’kidlandi.